• O‘zbekiston Respublikasi Farg`ona viloyati Farg‘ona shahri B.Marg‘inoniy ko‘chasi 77-uy

Yangiliklar

2025-11-18

TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Dang‘ara tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tizimli asosda hududdagi ta'lim muassasalarida amaldagi qonunchilik targ‘iboti, shuning sohaga oid yangiliklar yuzasidan tadbirlar o‘tkazib borilmoqda. 

Tumandagi 59-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkillangan targ‘ibot tadbirida amaldagi qonunchilik asoslari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari bilan iste'molchilik sohasiga oid qabul qilingan so‘nggi normativ hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbirda Federatsiya va uning hududiy organlariga iste'molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o‘rganish natijalari yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.