Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari tomonidan iste'mol sohasiga oid turli mavzularda targ‘ibot tadbirlari tashkillanib, ularning doirasida sohaga oid so‘nggi yangiliklar, Federatsiya va uning hududiy organlariga iste'molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o‘rganish natijalari yuzasidan axborotlar ham berib o‘tilmoqda, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarib borilmoqda.
Uchko‘prik tumani
Tumandagi 1-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Iste'molchilar huquqlari qonun himoyasida" mavzusida o‘tkazilgan tadbirda amaldagi qonunchilik asoslari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari bilan iste'molchilik sohasiga oid qabul qilingan so‘nggi normativ hujjatlar mazmun-mohiyati, jumladan "Iste'molchi murojaati" elektron tizimi, "Sirli mijoz" va nazorat xaridi tadbirlarini o‘tkazish tartib-qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.
Dang‘ara tumani
Tumandagi 30-oilaviy poliklinka tibbiyot xodimlari ishtirokida tashkillangan targ‘ibot tadbirida amaldagi qonunchilik va sohaga oid so‘nggi yangiliklar yuzasidan axborotlar yetkazildi. Sohaga oid qonunlar ijrosini ta'minlash, ularning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish hamda aholining huquqiy bilimi va iste'mol madaniyatini oshirish ishida davlat tashkilotlari va iste'molchilarning jamoat birlashmalari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarining o‘rni va ahamiyati haqida tushuntirishlar berib o‘tilib, tibbiyot muassasasi jamoasini iste'molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etishga chaqirildi.