Hurmatli yurtdoshlar!
Siz azizlarni 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy muborakbod etamiz! Ushbu sana xalqimiz tarixida beqiyos ahamiyatga ega bo‘lib, milliy o‘zligimiz, ma’naviy qadriyatlarimiz va mustaqilligimiz timsoli hisoblanadi.
Davlat tili – Vatanimizning birligi, el-yurtimizning faxru g‘ururi, milliy iftixorimiz manbaidir. Har birimiz o‘zbek tilining nufuzini yanada yuksaltirish, uning boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etish yo‘lida mas’ulmiz.
Tilimizning sofligini asrash, uni xalqaro miqyosda tanitish – bugungi avlodning sharafli vazifasidir. Shu munosabat bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, ishlaringizda muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilaymiz.
Davlat tili bayrami muborak bo‘lsin!
Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasining 26.04.1996 yilda qabul qilingan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi 221-I-sonli qonunida davlat tili bo‘yicha normalarni o‘zida aks ettirgan moddalar:
5-modda beshinchi qismi:
6-modda to‘rtinchi qismi: