• O‘zbekiston Respublikasi Farg`ona viloyati Farg‘ona shahri B.Marg‘inoniy ko‘chasi 77-uy

Yangiliklar

2024-08-01

ZARUR TEXNIK QISMSIZ YeTKAZIB BERILGAN TOVARDAGI KAMChILIK TO‘G‘RILANDI

Qo‘qon shahar iste'molchilarni huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani "Do‘stlik" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S. N.ning 12 650 000 so‘mga xarid qilingan skuter iste'molchiga orqani ko‘rsatuvchi yon oynasisiz yetkazib berilganligi holati yuzasidan O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganuv ishlari davomida ma'lum bo‘lishicha, iste'molchi Qo‘qon shahrida yashovchi G‘.U.ning skuterini sotish to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarga berilgan e'lonni ko‘rib, uni sotib olish maqsadida tarmoqda bergan e'lonini ko‘rib, ushbu skuterni olish maqsadida G‘.U. bilan bog‘langan hamda tovarning bahosini, yetkazib berish shartlarini kelishgan. To‘lov amalga oshirilgach, sotuvchi mahsulotni jo‘natish jarayonini videotasvirga olib iste'molchining ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy profiliga jo‘natgan. Mahsulotni qabul qilib olgan iste'molchi videoni ko‘zdan kechirib, skuterning orqani ko‘rsatuvchi yon oynasi yo‘qligini aniqlagach, sotuvchiga bu haqda murojaat qilgan. Sotuvchi yon oyna topilishi bilan jo‘natib yuborishga va'da bergan bo‘lsada, va'dani 3 hafta davomida ham bajarmagan. Shundan so‘ng iste'molchi ishonch telefoniga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassislari murojaat asosida sotuvchi bilan bog‘lanib, masalani tezkorlikda hal qilinishiga va skuterning yetishmovchi texnik qismi iste'molchiga yetkazilishiga erishildi.

Muhammadjon O‘lmasov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

(illyustrativ foto)