Murojaatda tumandagi "Chimyon qurilish mollari" xususiy korxonasiga qarashli xo‘jalik mollari do‘konidan 110 000 so‘mga suv shlangi sotib olingani, shlang metrlab, kesib sotiluvchi mahsulot tarzida bo‘lmagani, balki qadoqlangan holdaligi, qadog‘ida esa shlangning 30 metrga tengligi ko‘rsatilgani, lekin xonadonga keltirilib, mahsulot qadog‘i ochib ko‘rilganda u 15 metrga teng chiqqanligi ma'lum qilinadi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra tovar iste'molchiga noto‘g‘ri ma'lumot berilishi oqibatida sotib olingan bo‘lsa, u shartnomani bekor qilish va o‘ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Murojaatni o‘rganish jarayonida tomonlarga qonunning mazkur talablari tushuntirilgach, sotuvchi va iste'molchi o‘rtasida kelishuvga erishildi. Iste'molchining qo‘liga maqbul sifatdagi boshqa, xuddi shunday tovar topshirilib, yuzaga kelgan muammo o‘rnida bartaraf qilindi.
Abror Isaqov,
tuman jamiyati mutaxassisi.