Unga ko‘ra, murojaatchi yashash xonadonidagi ichimlik suvidan asossiz 345 693 so‘m qarzdorlik belgilanganligi aytib o‘tilgan. Ushbu masalaga aniqlik kiritish maqsadida “Farg‘ona suv ta'minoti” AJ Toshloq tuman filiali bilan hamkorlikda o‘rganilganda, iste'molchi arizasida ko‘rsatilgan vajlar o‘z isbotini topib, belgilangan 345 693 so‘m asossiz qarzdorlik bekor qilindi. Shuningdek, o‘rganish davomida iste'molchining 5000 so‘m miqdorida oldindan to‘lovdaligi ham ma'lum bo‘ldi.
Shohistaxon Rahimova,
tuman jamiyati mutaxassisi.