• O‘zbekiston Respublikasi Farg`ona viloyati Farg‘ona shahri B.Marg‘inoniy ko‘chasi 77-uy

Yangiliklar

2024-11-07

TOVAR HAQIDA ISTE'MOLCHIGA TO‘LAQONLI MA'LUMOT BERILMAGANLIGI UNI SOTUVCHIGA QAYTARILISHIGA SABAB BO‘LDI

Quvasoy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Sarbazor ko‘chasida yashovchi E.Yu.ning do‘kondan 1 158 000 so‘mga xarid qilingan elektr isitgichlarning nuqsonli chiqqanligi va sotuvchi uni almashtiri, berish ishlarini paysalga solayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.

Iste'molchining so‘zlariga ko‘ra, do‘kondan xarid qilib olib kelingan isitgichlar 3 kun ishlagandan so‘ng ularda nosozlik kuzatilib yaxshi ishlamagan. Sotuvchiga ularni maqbul sifatdagisiga almashtirib berish bo‘yicha qo‘ygan qonuniy talabi esa qanoatlantirilmagan. 

O‘rganish doirasida elektr isitgichlar me'yordagidan pastroq kuchlanishda yaxshi ishlamasligi, oldi-sotdi jarayonida xaridorga bu haqda tushuntirishlar berilmagani ma'lum bo‘ldi. Tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilib, tovar sotuvchiga, ular uchun to‘langan pul summasi esa iste'molchiga qaytarildi.

Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.